Test mode
Dukkaklilar iste'moli haqida
Dukkaklilarni qancha iste'mol qilish kerak?
Ko'pgina mamlakatlarda dukkaklilar rasionning asosini tashkil etadi. Va bu tasodif emas - axir, ular foydali, mazali va to'yimlidir. Dukkakli mahsulotlarni oqsilni (barcha go'shtlar, tuhumni oqi va sutli mahsulotlar) o'rniniga iste'mol qilish mumkin.
Dukkaklilar oilasiga turli loviyalar, no'xat, mosh, hilma-hil rangli yasmiqlar kiradi. Shuningdek, yeryong'oq ham dukkaklilar oilasiga kiradi, garchi biz ularni yong'oq deb hisoblashga odatlanganmiz. Mosh dukkaklilar oilasiga mansub, kichik, dumaloq yoki oval shaklidagi och yashil rangli mahsulot. Uning asl vatani Hindiston boʻlib,
bugungi kunda yer sharining barcha subtropic mintaqalarida yetishtiriladi. Mosh tarkibi oʻsimlik oqsili, uglevod, ozuqa tolalari, turli vitaminlar, mikro va makro
elementlar, almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar va foliy kislotasiga boy. Moshda miya, yurak va asab tizimi faoliyatini qoʻllabquvvatlab turuvchi moddalar – magniy, fosfor, kaliy koʻp miqdorda mavjud. Agar isteʼmol qilinadigan taomlar roʻyxatiga moshli ovqatlar qoʻshilsa va muntazam ravishda i'stemol qilinsa
stress holatlari osonlik bilan oʻtkaziladi. Moshda allergiya va astmani yengishda yordam berish xususiyati ham mavjud.