Test mode

Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda va davolashda ovqatlanish

Sogʻlom ovqatlanish — sogʻlom yurak kaliti 

Notoʻgʻri ovqatlanish yurak-qon tomir kasalliklarining nazorat qilinadigan xavf omili hisoblanadi. Toʻgʻri ovqatlanish orqali ularning oldini olish ham, mavjud kasalliklarni davolash ham mumkin.

Sogʻlom yurak uchun 8 qoida

  1. Qon bosimi 140/90 mm sim. ust. dan past boʻlishi.
  2. Tamakӣ chekmaslik va alkogol isteʼmol qilmaslik.
  3. Umumiy xolesterin darajasi 5 mmol/l dan past boʻlishi.
  4. Har kuni 3 km piyoda yurish yoki 30 daqiqa oʻrtacha jismoniy faollik.
  5. Sogʻlom ovqatlanish.
  6. Semizlik va qandli diabet 2 turining oldini olish.
  7. Stressga chidamli boʻlish.

 

Ovqatlanish tavsiyalari

  • Hayvon mahsulotlariga nisbatan oʻsimlik oziq-ovqatlarini koʻproq isteʼmol qilish. Oqsil manbai sifatida dukkaklilardan (noʻxot, yasmiq) ham foydalanish.
  • Toʻyingan hayvon yogʻlarini (mol, qoʻy yogʻi) toʻyinmagan oʻsimlik moylari (kungaboqar, zigʻir, makkajoʻxori, zaytun moyi) bilan almashtirish.
  • Transyogʻlar (margarin, fastfud, qandolat, yarim tayyor taomlar) isteʼmolini cheklash.
  • Kuniga 5 g dan ortiq tuz isteʼmol qilmaslik (tepasiz bir choy qoshiq).
  • Kuniga 30–45 g ozuqa tolasi (butun donli mahsulotlar — arpa, tariq, devzira guruchi va boshqalar).
  • 200 g va undan ortiq mevalar (2–3 porsiya) har kuni.
  • 200 g va undan ortiq sabzavotlar (2–3 porsiya) har kuni.
  • Qizil goʻshtni haftasiga koʻpi bilan 350–500 g, qayta ishlangan goʻsht mahsulotlarini (kolbasa, sosiska) kamaytish.
  • Haftasiga 1-marta yogʻli baliq isteʼmol qilish.
  • Har kuni 30 g yongʻoq yoki tuzsiz pista, urugʻlar.
  • Alkogol va shakarli ichimliklarni, shu jumladan meva sharbatlarini umuman isteʼmol qilmaslik.