Test mode

Tuzlangan karam viruslardan samarali qanday himoya qiladi

Tuzlangan karamning foydalari

Tuzlangan karamning foydalari haqida koʻpchilik biladi, ammo hamma ham bu foyda aynan nimada ekanligiga javob bera olmaydi. Masalan, tuzlangan karam juda koʻp miqdorda laktobakteriyalar mavjud boʻlib, ular tanani viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklardan himoya qiluvchi beta globulinlar, maxsus oqsillarni ishlab chiqaradi.

Aslida tuzlangan karamni immunostimulyator deb atash ham mumkin: kuniga atigi 100 g ushbu mahsulot isteʼmoli nafaqat gripp va oʻtkir respirator virusli infeksiya, balki koronavirus infeksiyasiga ham organizm qarshiligini oshiradi.

Albatta, laktobakteriyalar karamga faqat maxsus tabiiy boshlangʻich orqali kirishi mumkin — agar siz karamni sirka bilan achitsangiz, unda bunday bakteriyalar boʻlmaydi. Laktobakteriyalar ichak motorikasini yaxshilaydi va ich qotishi bilan kurashishga yordam beradi.

 

Vitamin va minerallar manbai

Tuzlangan karam tarkibida A vitamini ham mavjud boʻlib, u ayniqsa koʻrish organlari uchun foydali. A vitaminini yetarlicha qabul qilish koʻzning makula generatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi, katta yoshdagi insonlarda koʻp uchraydigan koʻrish qobiliyatini yoʻqotish xavfini kamaytiradi.

 

Saratonga qarshi taʼsiri

Karam shuningdek saraton kasalligining oldini olish vositasidir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, uning tarkibidagi moddalar saraton hujayralarining boʻlinish qobiliyatini pasaytiradi. Shuningdek, fermentatsiya jarayoni karamdagi ozuqa moddalarining tarkibini yanada oshiradi.

 

Sifatli mahsulot tanlash tavsiyalari

Tuzlangan karamni yoʻl boʻylarida va ruxsatsiz savdo qilinadigan joylardan xarid qilish tavsiya etilmaydi. Chunki bunday holatlarda sanitariya talablariga qay darajada rioya qilinganligi noaniq boʻladi. Shuningdek, mahsulotning:

  • qanday sharoitda yetishtirilgani,
  • qaysi navdan foydalanilgani,
  • tayyorlashda qanday ingrediyentlar qoʻshilgani maʼlum emas.

Shuning uchun tuzlangan karamni faќat ishonchli ishlab chiqaruvchilardan va maxsus doʻkonlardan sotib olish maqsadga muvofiq.

 

Sifatli tuzlangan karamni tanish belgilari

  1. Rangi – oq-oltinrang, qoramtir tomirlar yoki qoraygan sabzi boʻlaklarisiz.
  2. Shoʻr suvi – biroz bulutli (foydali laktobakteriyalar orqali achitilganda).
  3. Tarkib – sabzavotlar, sut kislotasi bakteriyalari va tuz.
  4. Sirka yoʻqligi – foydali moddalar taʼsirini saqlash uchun.