Test mode

Sogʻlom uyqu

Kechki payt uyqudan oldin uzoq vaqt televizor koʻrish, kompyuterda ishlash, planshet va telefonlardan foydalanish, yaʼni koʻz oldida sunʼiy yorugʻlik boʻlishi uyqu sifatiga salbiy taʼsir qiladi.

Sunʼiy yorugʻlik taʼsirida bosh miyada melatonin gormoni ishlab chiqarilishi kamayadi. Melatonin kamayishi esa kechasi kortizol gormoni miqdorini oshiradi.

Bu holat qonda qand va yogʻlar miqdorining koʻpayishi, semizlik, 2-tur qandli diabet, qon bosimi va yurak-qon tomir kasalliklari, depressiya hamda jigarni yogʻ bosishiga olib kelishi mumkin.

Ertasi kuni inson qanchalik yetarlicha uxlamasin, bunday uyqu foyda bermaydi.

Toʻlaqonli uyqu uchun quyidagilarga amal qilish kerak:

  • Kechki uyqudan kamida 1 soat oldin televizor koʻrish va gadjetlardan (kompyuter, planshet, telefon) foydalanishni toʻxtatish.
  • Uyquga juda kech yotmaslik.
  • Bir vaqtda yotib, bir vaqtda turish odatini shakllantirish.