Test mode

Qandli diabet 2-turida ovqatlanish

Qandli diabet 2-turi haqida

Qandli diabet 2-turi — surunkali kasallik boʻlib, unda uglevod, yogʻ va oqsil almashinuvlari buziladi. Asosiy sabablardan biri — ortiqcha vazn va semizlik.

Asosiy davolash usuli – tana vaznini kamaytirish. Bu parhez, jismoniy faollik va zarur hollarda dorilar orqali amalga oshiriladi.

Oziqlanishni nazorat qilish orqali erishish mumkin:

  • Qonda qand miqdorini kamaytirish
  • Dori dozasini pasaytirish
  • Tana vaznini kamaytirish
  • Depressiya va xavotir xavfini kamaytirish
  • Hayot sifatini yaxshilash

Tana vaznini 10% va undan koʻproq kamaytirish orqali diabet remissiyasiga, yaʼni dorisiz meʼyoriy qandga erishish mumkin.

Asosiy tamoyillar

  • Ratsional ovqatlanish: isteʼmol qilingan ovqatga yarasha jismoniy faollik boʻlishi kerak.
  • Muvozanat: oqsil, yogʻ va uglevod nisbati 1:1:4 boʻlishi zarur.
  • Glikemik indeksni hisobga olish: qandni tez oshiradigan mahsulotlarni cheklash.

Glikemik indeks (GI)
GI — ovqatdan keyin glyukoza qonga qay darajada tez oʻtishini koʻrsatadi.

  • Yuqori GI (50 dan yuqori) — qandni tez oshiradi.
  • Past GI (50 dan past) — qandni sekin oshiradi va tavsiya etiladi.

Yuqori GI mahsulotlar (cheklash kerak):
Qaynatilgan sabzi va lavlagi, qovoq, makkajoʻxori, kartoshka, qovun, tarvuz, uzum, banan, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, xurmo), konservalangan mevalar.

Past GI mahsulotlar (tavsiya etiladi):
Karamning barcha turlari, yoshil loʻbiyo, xom sabzi va lavlagi, turp, rediska, shogʻlom, baqlajon, bulgʻor qalampiri, bodiring, pomidor, olcha, gilos, olxoʻri, oʻrik, shaftoli, nok, olma, qulupnay, malina, apelsin va mandarin.