Test mode
Ortiqcha tana vazni va semizlikda ovqatlanish
Semizlik haqida
Semizlik va ortiqcha vazn — bu surunkali kasallik boʻlib, tanada va ichki aʼzolar atrofida yoki ichida yogʻ toʻqimalarning ortiqcha toʻplanishi bilan tavsiflanadi.
Bu nafaqat estetik muammo, balki bir qator kasalliklarni tugʻdiradigan jiddiy xavf omilidir.
Ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha 5 tavsiya
- Meva va sabzavotlar isteʼmolini oshirish
Shakar, shirin ichimliklar, tayyor tort va pishiriqlar, qayta ishlangan goʻsht mahsulotlarini cheklash.
Likobcha va kosalarning kichikrogʻini ishlatish. - Asosiy ovqatlar orasida qoʻshimcha ovqatlanmaslik
Qorin ochsa — toʻliq ovqatlanish, och boʻlmasa — kutish. - Ovqatni sekin va diqqat bilan isteʼmol qilish
Telefon, televizor, kompyuterdan chalgʻimaslik.
Iloji boʻlsa, oila davrasida ovqatlanish. - Qorin yengil toʻqlik hissida toʻxtash
- Ovqatlanish kundaligi yuritish
Nima, qachon, qancha ovqat isteʼmol qilindi va qanday his-tuygʻular kuzatildi.
Minimal oʻzgartirishlar
- Kaloriyani 100–200 kkal kamaytirish
- Shakarli ichimliklar va shirinliklarni cheklash
- Sabzavot va mevalarni 600–800 g/sut isteʼmol qilish
- Tez tayyor taomlardan voz kechish
- Porsiya hajmini nazorat qilish
Ahamiyatli oʻzgartirishlar
- Kaloriyani 500–1500 kkal gacha kamaytirish
- Karbonsuvlarni qisqartirish
- 3–5-marta, kichik porsiyalarda ovqatlanish
- Oqsil manbalari: kam yogʻli sut mahsulotlari, tuxum oqi, baliq, parranda goʻshti
- Oʻsimlik oqsillari (dukkaklilar, brokkoli, yongʻoq va b.)
Sifat va miqdoriy xususiyatlar
1-guruh (Yuqori kaloriyali, tavsiya qilinmaydi):
Shirinliklar, sariyogʻ, mayonez, sosiska, tortlar, shokolad, pissa, fastfud.
2-guruh (Kam kaloriyali, tavsiya qilinadi):
Sabzavot, mevalar, sut mahsulotlari, tuxum, yongʻoqlar, dukkaklilar, parranda goʻshti, baliq.
3-guruh (Nutritiv qiymati yuqori):
Kunga 1 osh qoshiq oʻsimlik moyi, 30 g yongʻoq/pista, 10–15 g quritilgan mevalar, 250 ml achitilgan sut mahsulotlari.
Tavsiya qilinmaydiganlar
- Oshirma xamir, kremli tortlar, qatlama xamir
- Konservalangan va dudlangan mahsulotlar
- Qaymoq, smetana, muzqaymoq
- Tuz isteʼmolini kuniga 5 g (yoki 3 g) gacha kamaytirish
Tavsiya qilinadiganlar
- Butun donli non, yogʻsiz baliq va parranda goʻshti
- Kam yogʻli sut mahsulotlari
- Yangi sabzavot va mevalar
- Qayta ishlanmagan oʻsimlik moylari
- Suv, shakarsiz choy, naʼmatak damlamasi