Test mode
Miokinlar va jismoniy mashqlar foydasi
Jismoniy faollik inson salomatligi va farovonligini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Muntazam jismoniy mashqlar hayot sifatini oshiradi, surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi va hatto inson umrini uzaytiradi.
Miokinlar — sogʻlom turmush kaliti
Miokinlar — jismoniy mashqlar paytida mushaklardan ajraladigan oqsillar boʻlib, "mushak gormonlari" deb ham ataladi. Inson organizmida ularning qariyb 600 turi mavjud. Ular:
- yalligʻlanishni kamaytiradi;
- qonda glyukoza darajasini tartibga soladi;
- qon bosimini moʻtadillashtiradi;
- infeksiyalardan himoya qiladi;
- jarohatlardan tiklanishga yordam beradi;
- yogʻ hujayralarining parchalanishini tezlashtiradi;
- suyak toʻqimasini mustahkamlaydi;
- immunitetni oshiradi;
- qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Jismoniy mashqlar paytida mushak tolalarida kichik mikroshikastlanishlar yuzaga keladi. Bu holat organizmga signal boʻlib xizmat qiladi va u miokinlarni koʻproq ishlab chiqara boshlaydi. Keyin esa ular qon orqali butun tanaga tarqalib, oʻz vazifasini bajaradi.