MEVA VA SABZAVOTLAR TANLOVIDAGI BESHTA ASOSIY QOIDA

Vitaminlar va mikroelementlarning eng muhim manbalari boʻlgan sabzavot hamda mevalarning ayni pishiqchilik davri - bu yoz mavsumidir.

Biroq inson organizmiga maksimal foyda keltiradigan mazali va sersuv meva-chevalarni tanlashda albatta bir nechta oddiy qoidalarga amal qilish talab etiladi. 

  1. Sabzavot va mevalarni faqat belgilangan savdo maskanlari: qishloq xoʻjaligi va dehqon bozorlari, doʻkonlar, savdo pavilyonlaridan sotib oling. Faqat shundagina mahsulotlar sanitariya ekspertizasidan oʻtganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Mahsulotlarni qoʻlda, yoʻl chekkalaridan sotib olmaslik lozim. Bu xavfli. Chunki sifatsiz mahsulotlar zaharlanishga olib kelishi mumkin.
  2. Zarur boʻlganda, sotuvchidan mahsulot xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiling.
  3. Sabzavot va mevalarning tashqi koʻrinishiga eʼtibor bering. Mevaning rangi uning turga xos boʻlishi kerak. Uning sirtida hech qanday ezilish va shikastlanishlar, chirish yoki mogʻor belgilari boʻlmasligi kerak. Shu bilan birga, mevaning benuqson koʻrinishi xam sizni sergak tortirishi kerak. Agar meva juda yaltiroq yoki silliq boʻlsa, unga mum bilan ishlov berilgan boʻlishi mumkin. Hidi chirigan emas, yoqimli boʻlishi kerak. Mana bir nechta misollar.
  • Pomidor elastik teriga va yumshoq, goʻshtdor pulpaga ega boʻlishi kerak, tupi yashil va quruq boʻlmasligi darkor. Yangi bodringning esa nozik terisi va mayda tikonlari boʻladi. Kartoshkani ehtiyotkorlik bilan tanlang. Yashil dogʻlar bilan ildiz mevalari mavjud kartoshka yorugʻlikda saqlanganlikdan dalolat. Bu sogʻliq uchun xavfli boʻlgan solanin hosil boʻlishiga olib keladi. 
  • Banan bir tekis sariq rangli boʻlib, juda kuchli hidga ega boʻlmasligi kerak. Teridagi qora dogʻlar mevaning haddan tashqari pishib ketganligini bildirsa, yashil rang odatda, banan hali yetilmaganligini koʻrsatadi. Agar siz ularni darhol isteʼmol qilishdan koʻra saqlashni koʻzlagan boʻlsangiz, shundaylarini xarid qilsangiz boʻladi.
  • Oʻrik yumshoq, yashil dogʻlarsiz va yaxshi hidli boʻlishi kerak. Agar xushboʻy hid zaif boʻlsa, ular shirin taʼmga ega emas.
  1. Sotuvchining tashqi koʻrinishini ham baholang. U xushroʻy kiyinishi va gigiyena qoidalariga rioya qilishi lozim. Savdo joyi (chodir, kiosk va boshqalar) va uning atrofi toza boʻlishi talab qilinadi. 
  2. Tabiiy mavsum davrida yetilgan sabzavot va mevalarni koʻproq istemol kilishga xarakat qiling. Xozirda butun yil boʻyi barcha mahsulotlarning katta tanlovi mavjud boʻlsa-da, oʻz mavsumida pishgan tabiat neʼmatlari mazali, salomatlikka foydali hamda anchayin arzon boʻladi.