Test mode
Jismoniy faollikning afzalliklari
|
1 Oʻzaro muloqot va ijtimoiylashuv. Sport, xususan, ommaviy havaskorlik sporti odamlarni qiziqishlari orqali birlashtirib, oʻziga boʻlgan ishonch va xurmatni oshirishga, ichki masʼuliyat va nazorat hamda boshqa koʻplab foydali koʻnikmalarning shakllanishiga xizmat qiladi. 2 Kayfiyat va umumiy farovonlik.Sport bilan shugʻullanish paytida organizmda serotonin, endorfin va dofamin moddalarining darajasi oshadi. Bu insonda yaxshi kayfiyat va ijobiy his tuygʻularni yaratuvchi muhim neyromediatorlardir. Jismoniy faollik "stress gormoni" boʻlgan kortizolni ishlab chiqaradi. Bu (kortizol konsentratsiyasi doimo yuqori boʻlganda) inson salomatligiga yaxshi emasligi maʼlum boʻlsa-da, biroq, muntazam jismoniy mashqlar tananing kortizolga boʻlgan salbiy reaksiyasini kamaytiradi. Yaʼni, kortizol boshqa vaqtlar ishlab chiqarilganda uning tanaga zararli taʼsiri kamayadi, chunki jismoniy mashqlar orqali organizm kortizol taʼsiriga yaxshi moslashadi va uni boshqarishga qodir boʻladi. 3 Stress, depressiya va xavotirni yengish. Jismoniy mashqlarni toʻgʻri bajarish va faoliyatning yangi turi bilan shugʻullanish paytida inson diqqat-eʼtibori xavotirli vaziyatdan chalgʻiydi, gormon ishlab chiqarish taʼsirida esa vaziyatga boʻlgan munosabat oʻzgaradi. 4 Diqqat-eʼtiborning kamayishi va giperaktivlik sindromi va simptomlarning yengillashuvi. Muntazam jismoniy mashqlar odatda ushbu sindromdan aziyat chekadigan konsentratsiya, xotira va kayfiyatni yaxshilaydi. 5 Jarohatdan keyingi stress holati va simptomlarning yengillashuvi. Baʼzi ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, jismoniy mashqlar paytida tanaga va tana harakatlariga eʼtibor berish asab tizimiga jarohatdan keyingi stress holati yoki travma natijasida kelib chiqadigan stress reaksiyasining sekinlashishiga yordam beradi. Raqs, suzish, kuch ishlatar mashqlari kabi murakkab va sinxronlashgan harakatlar ayni vaziyatda eng yaxshi mashgʻulotdir. Uygʻunlashgan mashgʻulotlar ham ijobiy taʼsir koʻrsatishi kuzatilgan boʻlib, ular orasida piyoda sayr qilish, parus sporti, togʻ velosipedida uchish, qoyalarga chiqish va changʻi sporti ayniqsa foydali hisoblanadi. Demak, har qanday jismoniy faoliyat insonning ruhiy va emotsional holatlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu esa oʻz navbatida, uning aqliy faolligi va ishchanligini yaxshilashda bosh omil boʻladi. |