JISMONIY FAOLLIK

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra bir sutka davomida emizikli yoshdagi bolalarga (bir yoshdan kichik) tavsiya etiladi:

  • Kun davomida turli xil jismoniy faoliyat bilan bir necha marta shugʻullanish, xususan ular bilan oʻyinlar oʻynash; qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi. Agar bola oʻzi mustaqil yurolmasa, uni uygʻoqlik paytida kun davomida   kamida 30 minut qornida yotishi tavsiya etiladi;
  • Bir soatdan ortiq bir joyda harakatsiz holatda qolmaslik (masalan, beshik/kolyaska, bolalar kreslosi yoki ergoryukzaklarda);

- Ekran oldida vaqt oʻtkazish tavsiya etilmaydi.

  • Harakatsiz holatda qolgan davrlarda bolalar bilan kattalar muloqot qilishi tavsiya etiladi, masalan, ertak va hikoyalar oʻqish;
  • 0 dan 3 oygacha boʻlgan yoshda 14-17 soat, 4 dan 11 oygacha boʻlgan yoshda 12-16 soat sifatli sogʻlom uyqu, shu jumladan kunduzgi uyquni taʼminlash lozim.

1-2 yoshdagi bolalarga kuni davomida tavsiya etiladi:

  • Bu yoshdagi bolajonlar kuniga kamida 180 minut turli-tuman jismoniy faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari kerak, shu jumladan, oʻrtacha va yuqori jadallikdagi jismoniy faoliyat bilan shugʻullanish; qanchalik koʻp boʻlsa, shunchalik yaxshi;
  • Harakat cheklangan sharoitlarda bir soatdan ortiq vaqt qolmaslik (masalan, beshiklar/kolyaskalar, bolalar kreslolari yoki ergoryukzaklarda) va uzoq vaqt davomida oʻtirgan holda qolmaslik.

- 1 yoshdagi bolalarga ekran oldida oʻtirib vaqt oʻtkazish (masalan, televizor yoki mobil qurilmalarda multfilmlar tomosha qilish, video oʻyinlar oʻynash) tavsiya etilmaydi.

-  2 yoshdagi bolalarga ekran oldida bir soatdan ortiq oʻtirish (qanchalik kam boʻlsa, shunchalik yaxshi) tavsiya etilmaydi;.

  • Harakatsiz holatda qolgan davrlarda bolalar bilan kattalar muloqot qilishi tavsiya etiladi, masalan, ertak va hikoyalar oʻqish;
  • 11-14 soat davomida sifatli uyqu (shu jumladan kunduzgi uyqu) tavsiya qilinadi.

3-4 yoshdagi bolalarga kuni davomida tavsiya etiladi:

  • kuniga kamida 180 minut hoxlagan jadallikdagi turli-tuman jismoniy faoliyat turlari bilan shugʻullanish, shulardan kamida 60 minuti (qanchalik koʻp boʻlsa, shunchalik yaxshi) oʻrtacha va yuqori jadallikdagi jismoniy faoliyat boʻlishi kerak;
  • Harakat cheklangan sharoitlarda bir soatdan ortiq vaqt qolmaslik (masalan, beshik/kolyaskalarda) va uzoq vaqt davomida oʻtirgan holda qolmaslik.

- Ekran oldida bir soatdan ortiq oʻtirish  (qanchalik kam boʻlsa, shunchalik yaxshi) tavsiya etilmaydi.

  • Harakatsiz holatda qolgan davrlarda bolalar bilan kattalar muloqot qilishi tavsiya etiladi, masalan, ertak va hikoyalar oʻqish;
  • 10-13 soat davomida sifatli uyqu (shu jumladan kunduzgi uyqu) tavsiya qilinadi