Test mode
Guruchning qaysi turi foydali?
Butunjahon guruch kunida ushbu mashhur mahsulotning sog‘lomligi ko‘p jihatdan donni qayta ishlash darajasiga bog‘liqligini eslatib o‘tamiz.
Guruch dunyoda keng talqalgan ozuqa mahsuloti hisoblanadi. Oziqlanish xususiyatlari va boshqa ingrediyentlar — go‘sht, parranda go‘shti, sabzavot va dengiz mahsulotlari bilan mukammal muvofiqligi tufayli u milliardlab odamlar ratsionining asosini tashkil qiladi.
Guruchning foydali xususiyatlarini ortiqcha baholashga hojat yo‘q — u nafaqat energiya sarfini to‘ldiradi, balki uglevodlar, oqsillar, minerallar (kaliy, kalsiy, magniy, fosfor) ning muhim manbai bo‘lib xizmat qiladi va ayni paytda, tarkibida yog‘ning miqdori ham ko‘p emas.
Lekin guruchning qaysi turi ko‘proq foydali sanaladi?
Oq guruch
Eng keng tarqalgan guruch oq rangga ega. Aynan shu turdagi mahsulotni siz do‘kon javonlarida eng ko‘p topishingiz mumkin. Ammo bunday ommaboplik bu hali eng foydali degani emas. Axir, donga qancha kam ishlov berilsa, unda ko‘proq ozuqa moddalari saqlanib qoladi. Shu bilan birga, bunday guruch uzoq vaqt saqlanadi va tez pishiriladi.
Jigarrang guruch
Bu yuqoridagi oq guruchning o‘zi bo‘lib, biroq kepagi olib tashlanadigan ishlov berish jarayonidan o‘tmagan. Jigarrang guruch donni qayta ishlash orqali olinadi, uning davomida po‘chog‘idan tozalanib, kepak membranasi saqlab qolinadi. Bu bilan u murakkab uglevodlar va boshqa oziqa moddalarining ajoyib manbaiga aylanadi. Tarkibida esa B1, B6, RR vitaminlari, marganes, fosfor, magniy, selen, mis, aminokislotalar, tolalar mavjud.
Jigarrang guruch organizm uchun foydalidir. U qon aylanishini yaxshilab, tomirlarni tozalaydi, qonda glyukoza miqdorini muvozanatda saqlaydi, ovqat hazm qilish tizimini barqarorlashtiradi, metabolizmni yaxshilaydi va toksinlarni yo‘q qilishga yordam beradi. Sog‘lom teri, sochlar, ko‘zlar, yurak, o‘pka, miya, asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Qandli diabetga chalinganlar uchun foydalidir. Biroq, bu guruchni pishirish uchun ko‘proq vaqt ketadi va chaynash qiyinroq. Donni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi, chunki yog‘ni o‘z ichiga olgan qobig‘i tozalanmaydi, natijada guruch xiralashishi mumkin.
Sarg‘ish yaltiroq guruch
Ushbu turdagi guruch avval bug‘da pishiriladi, quritiladi va sayqallanadi. Donalar biroz shaffof bo‘lib, rangini sarg‘ish rangga o‘zgartiradi. Sarg‘ish yaltiroq guruch oq guruchdan ko‘ra sog‘lomroqdir, chunki bu oldindan qayta ishlash usuli bilan kepak qobig‘inda foydali moddalarining 80% saqlanib qoladi. Pishirgandan so‘ng, guruch oq rangga aylanadi, uni kamida 30 daqiqa pishirish kerak, u garnir uchun yaxshi va yanada aniq ta’mga ega.
Guruchni qanday tanlash kerak
Guruch sotib olishdan avval, donga diqqat bilan qarang — u butun, aralashmalar va don bo‘laklarisiz bo‘lishi kerak. Don tarkibida boshqa o‘lchamdagi yoki rangdagi donalar bo‘lmasligi lozim. Ularning barchasi bir xil bo‘lishi kerak. Buni ko‘rish uchun shaffof qadoqni tanlang. Guruch paketini bir necha marta yaxshilab silkitib, donalar aralashtirilsa, ularni yaxshiroq ko‘rishingiz mumkin. Paketda sarg‘aygan guruch yadrolari yo‘qligi muhim (agar u oq guruch bo‘lsa). Sariqlik shuni anglatadiki, qadoqlashdan oldin bu guruch nam va katta uyumlarda saqlangan — bunday sharoitda zararli zamburug‘lar rivojlanishi mumkin.