Test mode
Emotsional (hissiy) intellekt
Stressga chidamlilikni oshirish uchun yoshlikdan emotsional intellektni (hissiy aql) oshirish lozim.
Emotsional intellekt - bu insonning oʻzining va boshqalarning his-tuygʻularini idrok etish, baholash va tushunish qobiliyati va hissiyotlarni boshqarish qobiliyati. Hissiy aqlli odamlar oʻzlarini yaxshi nazorat qilishlari va boshqalar bilan samarali muloqot qilishlari mumkin.
Emotsional intellekti yuqori boʻlgan insonlar xususiyatlari:
- Oʻz his-tuygʻularni anglay olish;
- Atrofdagi insonlar his-tuygʻusini baholay olish va tushunish;
- Atrofdagi insonlar niyatini, motivatsiyasini va xohish-istaklarini anglay olish;
- Oʻz his-tuygʻularini nazorat qilish;
Emotsional intellektning asosi – empatiya. Empatiya bu boshqa odamlarning his-tuygʻularini his qilish va tushunish qobiliyati. Empatiya hissi bor inson oʻzini boshqa insonning oʻrniga qoʻyishi va nimani his qilayotganini (qaygʻu, quvonch) tushunishi mumkin. Empatiya boshqa odamlarga gʻamxoʻrlik va rahm-shafqat koʻrsatish, yaxshiroq muloqot qilish va boshqalar bilan ijobiy munosabatlarni oʻrnatish imkonini beradi. Emotsional intellektni oshirish xayotiy muammolarni yengishda yordam beradi va shu orqali stressga chidamlilikni taʼminlaydi.