Test mode
Stress (asabiylashish) quyidagilarga olib kelishi mumkin
- Yurak-qon tomir kasalliklari (gipertoniya kasalligi, revmatizm, vegetativ distoniya, yurak-ishemik kasalligi, yurak ritmini buzilishlari)
- Oshqozon-ichak kasalliklari (oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kaslliklari, yarali kolit, oʻt yoʻllari diskineziyasi)
- Asab tizimi kasalliklari (surunkali bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, depressiya)
- Teri kasalliklari (neyrodermit, psoriaz)
- Endokrin kasalliklar (masalan, qandli diabet 2 turi) va boshqa kasallik
Stress oqibatida xavotir hissi kuchayganda “Kvadrat nafas olish” texnikasini qoʻllash tavsiya qilinadi:
- 4 seknud davomida chuqur nafas olish;
- Nafas olgandan keyin nafasni 4 sekund ushlab turish;
- 4 sekund davomida chuqur nafas chiqarish;
- Nafas chiqargandan keyin 4 sekund nafas olmaslik.
Bu texnika xavotir hissi oʻtib ketgunicha qilinadi.
Agar inson oʻzi stressni yenga olmasa, psixologga murojaat qilish tavsiya qilinadi.