Test mode
Sog'lom uyqu
Sunʼiy yorugʻlik — uyqining yashirin dushmani
Kechki payt uzoq vaqt televizor koʻrish, kompyuterda ishlash yoki telefon-planshetlardan foydalanish uyqu sifatini jiddiy buzadi.
Nega?
Kechasi sunʼiy yorugʻlik taʼsirida bosh miyada melatonin gormoni kam ishlab chiqiladi. Melatonin kamayishi esa kortizol gormonini oshiradi.
Natijada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflar:
- Qonda qand va yogʻ miqdorining oshishi
- Semizlik
- 2-tur qandli diabet
- Qon bosimi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari
- Depressiya
- Jigarni yogʻ bosishi
Eng yomoni — ertasi kuni yetarlicha uxlasangiz ham, organizm toʻliq tiklanmaydi.
Toʻlaqonli uyqu uchun maslahatlar:
- Kechki uyqudan 1 soat oldin televizor, kompyuter va gadjetlardan foydalanmang
- Juda kech yotmang
- Bir vaqtda yotish va bir vaqtda turishni odat qiling