Test mode
Semizlik
Yuqumli boʻlmagan kasalliklar va semizlik xavfi
Hozirda dunyo boʻylab yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet 2 turi va boshqa turmush tarzi bilan bogʻliq kasalliklar soni ortib bormoqda.
Yuqumli boʻlmagan kasalliklar nima?
Bular insondan insonga yuqmaydigan, sekin rivojlanadigan va umrbod davom etadigan kasalliklardir. Masalan:
- Yurak kasalliklari
- Insult
- Saraton
- Diabet
- Oʻpkaning surunkali kasalliklari
Dunyodagi oʻlim holatlarining 74%i aynan shu kasalliklar hissasiga toʻgʻri keladi.
Asosiy xavf omillari
- Notoʻgʻri ovqatlanish
- Yetarli jismoniy faollikning yoʻqligi
- Tamakы chekish
- Spirtli ichimliklar isteʼmoli
Bu omillarni kamaytirish yoki yoʻqotish bilan oʻlim va nogironlik darajasini pasaytirish mumkin.
Semizlik – asosiy xavf omillaridan biri
Semizlik koʻplab yuqumli boʻlmagan kasalliklarda kuzatiladi. Uni baholash uchun tana vazni indeksi (TVI) hisoblanadi:
Formula: kg / (m × m)
Misol: boʻyi 1,68 m, vazni 80 kg → TVI = 80 / (1,68 × 1,68) = 28,6 kg/m²
Tana vazni indeksi meʼyorlari
- 18,5–24,9 kg/m² — meʼyor
- 25–29,9 kg/m² — ortiqcha vazn
- 30–34,9 kg/m² — I darajali semizlik
- 35–39,9 kg/m² — II darajali semizlik
- 40 kg/m² va yuqori — III darajali semizlik
TVI oshgan sari diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va ayrim saraton turlari xavfi ortadi.
Bel aylanasi ham muhim koʻrsatkich
- Erkaklar uchun — 94 sm dan oshmasligi kerak
- Ayollar uchun — 80 sm dan oshmasligi kerak
Bel aylanasi qanchalik katta boʻlsa, kasalliklar xavfi shuncha yuqori boʻladi.
Semizlik sabablari va oldini olish
Asosiy sabablar: notoʻgʻri ovqatlanish va kamharakatlilik.
Yechimlar:
- Sogʻlom ovqatlanish
- Jismoniy faollikni oshirish