Test mode
Vitaminlar qanday ishlaydi?
Vitaminlar inson salomatligi uchun hayotiy ahamiyatga ega. Bu haqda ilk marotaba rus olimi Nikolay Ivanovich Lunin oʻz tadqiqotlarida isbotlab bergan. U qilgan tajribalardan maʼlum boʻlishicha, agar organizmga faqat oqsil, yogʻ va uglevodlar berilsa, inson yoki hayvon uzoq yashay olmaydi. Demak, ovqat tarkibida vitaminlar ham boʻlishi shart.
Vitaminlar organizmida muhim vazifalarni bajaradi:
- suvda eriydigan vitaminlar fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi;
- yogʻda eriydigan vitaminlar hujayra membranalarining normal ishlashini taʼminlaydi.
Agar vitaminlar ortiqcha boʻlsa:
- suvda eriydigan turlari chiqib ketadi,
- yogʻda eriydiganlari esa jigarda toʻplanib qoladi va salbiy taʼsir qilishi mumkin (bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, toshma).
Agar vitaminlar yetishmasa:
- hayotiy jarayonlar buziladi,
- toʻliq tanqislik avitaminozga olib keladi (masalan, S vitamini yetishmasa — singasiga),
- qisman yetishmasa — gipovitaminoz paydo boʻladi.
Baʼzi hollarda vitaminlarga ehtiyoj ortib ketadi, misol uchun homiladorlikda. Shuningdek, yetarli vitamin qabul qilinsa-da, oshqozon-ichak kasalliklari sabab toʻliq soʻrilmasligi ham mumkin.
Insonga kerakli vitamin miqdori maxsus meʼyorlarda belgilangan. Turli mamlakatlarda bu meʼyorlar turlicha, chunki iqlim, ovqatlanish odatlari va turmush tarzi har xil. Shuning uchun vitaminga boʻlgan ehtiyojni aniqlashda shifokor maslahati zarur.