Test mode

Qandli diabet 2-turi

Qandli diabet

Qandli diabet bu qonda qand miqdorining doimiy baland boʻlishi bilan kechadigan kasallikdir. 2021-yil holatiga koʻra dunyo boʻylab 537 million aholi qandli diabet bilan kasallangan.

Qandli diabetning asosan 2 xil turi farqlanadi:

  • Qandli diabet 1-turi – autoimmun kasallik boʻlib, nisbatan kam uchraydigan kasallik turidir.
  • Qandli diabet 2-turi – eng koʻp uchraydigan turi.

 

Oʻzbekistondagi holat

2023-yilga kelib Oʻzbekistonda qandli diabet kasalligi bilan roʻyxatga olingan insonlar soni 377 115 kishini tashkil qildi.
Shulardan 357 066 kishi – qandli diabet 2-turi bemorlaridir.

 

Qandli diabet 2-turi

  • Rivojlanishining sababi – semizlik.
  • Dunyo boʻylab juda keng tarqalgan.
  • Yuqumli boʻlmagan kasalliklar qatoriga kiradi.
  • Nogironlik va barvaqt oʻlimga sabab boʻlishi mumkin.

Qandli diabet 2-turi asta-sekinlik bilan rivojlanib, aksariyat hollarda kech tashhislanadi. Asosiy belgilari — ogʻiz qurishi, chanqash. Koʻpchilik bularni sezmaydi va shifokorga kech murojaat qiladi. Tashhis qoʻyilgan vaqtda asoratlar allaqachon rivojlangan boʻladi.

 

Qandli diabet asoratlari

  • Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi (qon bosimi oshishi, infarkt, insultlar)
  • Diabet nefropatiyasi – buyraklar faoliyati pasayishi
  • Diabet retinopatiyasi – koʻrish qobiliyati pasayishi
  • Oyoqlarda yaralar boʻlishi, amputatsiya ehtimoli

Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi keyinchalik insonda stent (tomir torayganda uni kengaytirish muolajasi) qoʻyish zaruratiga olib kelishi mumkin.

 

Remissiya imkoniyati

Qandli diabet 2-turining oʻziga xos xususiyati — uni oldini olish va yangi aniqlanganida remissiyaga tushirish mumkinligi.
Remissiya – qonda qand meʼyorga tushib, ogʻiz qurishi va chanqash belgilari yoʻqolishi. Bu asosan semizlik bartaraf etilganda kuzatiladi.

Agar bemor tana vaznini kamaytirsa — qandli diabet 2-turi remissiyasi roʻy beradi. Lekin vazn qayta oshsa — kasallik yana qaytib keladi.

 

Profilaktika

Qandli diabet 2-turini oldini olishda semizlikni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.