Test mode
Alkogolsiz yogʻli jigar kasalligi
Yogʻli gepatoz (alkogolsiz yogʻli jigar kasalligi)
Yogʻli gepatoz — jigar hujayralarida yogʻ toʻplanishi bilan bogʻliq kasallik hisoblanadi.
Bu holat koʻpincha ortiqcha ovqatlanish va “oddiy uglevodlar (un, shakar) + yogʻlar + toksik sunʼiy qoʻshimchalar” birikmasi sababli kelib chiqadi. Bunday moddalar asosan:
- doʻkonda tayyorlanadigan pishiriqlar,
- qandolatchilik shirinliklari,
- qayta ishlangan kolbasa va sosiskalar,
- yarim tayyor mahsulotlarda koʻp uchraydi.
Dastlabki bosqichda
Gepatoz belgilari deyarli sezilmaydi. Kasallik asta-sekin rivojlanadi. Vaqt oʻtishi bilan:
- organizmda toksinlar koʻpayadi,
- safro hosil boʻlishi kamayadi,
- qonda xolesterin koʻpayadi,
- teri sargʻayishi va qurishi,
- tilda qoplama paydo boʻlishi,
- bel va sonlarda ortiqcha yogʻ yigʻilishi kuzatiladi.
Bu oʻzgarishlar jigar funksiyalarining pasayishi natijasida sodir boʻladi.
Keyingi bosqichlarda
- doimiy charchoq,
- zaiflik,
- teri muammolari (akne, ekzema, dermatit),
- ovqatdan keyingi noxush holatlar (oʻng qovurgʻa ostida ogʻirlik, koʻngil aynishi, ogʻizda achchiqlik) paydo boʻladi.
Eʼtiborlisi, jigarning oʻzi ogʻrimaydi.
Asorati
Alkogolizm va virusli gepatitdan keyin, yogʻli gepatoz — sirroz rivojlanishining uchinchi asosiy sababi hisoblanadi.