Test mode
Tamaki va alkogol isteʼmol qilishdan voz kechish — sogʻlom hayot sari qadam
Tamaki va alkogol — yuqumli boʻlmagan kasalliklar (yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, surunkali oʻpka kasalliklari, qandli diabet) uchun asosiy xavf omillaridan hisoblanadi.
Tamakining zarari:
- Oʻpka, ogʻiz boʻshligʻi va tomoq saratoni xavfini oshiradi
- Yurak xuruji va insult ehtimolini koʻpayadi
- Immunitetni pasaytiradi
- Organizmning qarishini tezlashtiradi
Alkogolning zarari:
- Jigar sirrozi va saratoni xavfini oshiradi
- Qon bosimini koʻtarishi va yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin
- Miya faoliyati va xotirani susaytiradi
- Depressiya va ruhiy kasalliklar xavfini oshiradi
Nega voz kechish qiyin?
Chunki nikotin va alkogol miyada koʻnikish (odat) va ruhiy bogʻliqlik hosil qiladi. Birinchi kunlarda tashlash qiyin boʻlishi mumkin, ammo har bir kichik qadam katta yutuqdir.
Voz kechish uchun qoʻllab-quvvatlovchi maslahatlar:
- Asta-sekin kamaytirish va reja tuzish
- Sport va faol turmush tarziga oʻtish
- Qoʻllab-quvvatlovchi guruhlar yoki mutaxassislar bilan ishlash
- Stressni tamaki va alkogolsiz yengish yoʻllarini topish
Sogʻlom hayot — bu faqat zararli odatlardan voz kechish emas, balki oʻzingizga hurmat va kelajakka eʼtibordir.