Test mode

10-17 yoshli oʻsmirlarda jismoniy faollik

JSST tavsiyasiga koʻra:
5–17 yoshdagi bolalar va oʻsmirlar kuniga kamida 60 daqiqa oʻrtacha yoki yuqori jadallikdagi jismoniy faollik bilan shugʻullanishlari lozim.

Aerob jismoniy faollik turlari:

  • Yugurish yoki tez yurish
  • Velosipedda yurish
  • Futbol, basketbol, tennis kabi sport oʻyinlari
  • Raqs
  • Suzish

 Bu mashqlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, oʻpka faoliyatini yaxshilaydi va organizmni chidamli qiladi.

Suyak-mushak tizimini mustahkamlaydigan mashqlar:

  • Oʻtirib-turish
  • Oldinga va orqaga keskin qadam tashlash
  • Turnikda tortilish
  • Planka
  • Qadam bilan koʻtarilish-tushish mashqlari

Faollikni oshirishning sodda yoʻllari:

  • Narvondan chiqish
  • Toʻp bilan mashq qilish
  • Maktabga yoki uyga piyoda borish
  • Velosipedda yurish

Eslatma:
Haftada kamida 3-marta yuqori jadallikda mashq qilish va suyak hamda mushaklarni mustahkamlaydigan mashqlarga vaqt ajratish tavsiya etiladi.
Ortiqcha vaqtni ekran oldida oʻtkazishni cheklash muhim! 

 Jismoniy faollik – oʻsmirlarning salomatligi, ruhiy barqarorligi va ijodkorligini kuchaytiradi.