Test mode
Yuqumli bo'lmagan kasalliklarning oldini olish
Yuqumli boʻlmagan kasalliklar — jahon salomatligi uchun eng katta tahdid
Asosiy raqamlar:
- Har yili 41 mln odam yuqumli boʻlmagan kasalliklar tufayli hayotdan koʻz yumadi — bu dunyo boʻyicha oʻlimlarning 74%
- 70 yoshga yetmasdan har yili 17 mln kishi yuqumli boʻlmagan kasalliklardan vafot etadi, ularning 86% past va oʻrta daromadli mamlakatlarda.
- Asosiy sabablar:
- Yurak-qon tomir kasalliklari — 17,9 mln oʻlim
- Saraton — 9,3 mln
- Surunkali oʻpka kasalliklari — 4,1 mln
- Diabet — 2 mln
Xavf omillari:
- Tamakі chekish — yiliga 8 mln oʻlim
- Spirtli ichimliklar — yiliga 3 mln oʻlim
- Notoʻgʻri ovqatlanish va ortiqcha tuz isteʼmoli
- Jismoniy harakatsizlik
- Havo ifloslanishi — yiliga 6,7 mln oʻlim
Yechimlar:
- Sogʻlom turmush tarzini tanlash: toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish.
- Skrining va erta diagnostika
- Sifatli davolash va palliativ yordam
Eslatma: Yuqumli boʻlmagan kasalliklardan saqlanishning eng yaxshi yoʻli — ularni boshlanishidan oldin oldini olish!