Test mode
Biz haqimizda
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati — aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash, ularning sog‘lig‘ini atrof-muhitning zararli omillaridan himoya qilish, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish, shuningdek, sanitariya meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga masʼul davlat organidir.
Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
yashash, mehnat, o‘qish va dam olish sharoitlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish;
-
yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va boshqa salbiy omillarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rish;
-
ichimlik suvi, havo, oziq-ovqat va atrof-muhit sifatini nazorat qilish;
-
sanitariya-gigiyena bo‘yicha tavsiyalar, metodik ko‘rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish;
-
sanitariya-epidemiologik vaziyat yuzasidan yuzaga keladigan favqulodda holatlarda tezkor choralar ko‘rish.
Xizmatning faoliyati aholining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, ularning xavfsiz hayot faoliyatini taʼminlashga qaratilgan.