Test mode

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bu – sekin rivojlanadigan, surunkali davom etadigan, insondan insonga yuqmaydigan va insonni butun umri davomida qiynaydigan kasalliklardir, ular dunyo bo‘ylab o‘limlikning 74%iga sabab bo‘ladi.

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar:

yurak-qon tomir kasalliklari – ateroskleroz bilan bog‘liq kasalliklar: arterial gipertoniya (qon bosimi kasalligi), yurak ishemik kasalligi, miya qon tomirlari kasalliklari;
qandli diabet 2-turi.
saratonning ayrim turlari;
o‘pka surunkali kasalliklari – o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va bronxial astma;

Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar rivojlanishiga semizlik olib keladi, ushbu kasalliklarni oldini olish uchun tana vaznini pasaytirish tavsiya qilinadi.