Test mode
Umumiy ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati — aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, atrof-muhitning salbiy omillaridan himoya qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epidemiologik xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organidir.
Xizmat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda tasdiqlangan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Asosiy vazifalar:
aholining yashash, mehnat, ta’lim olish va dam olish shart-sharoitlarining sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligini nazorat qilish;
ichimlik suvi, havo, oziq-ovqat mahsulotlari va atrof-muhitning boshqa tarkibiy qismlarining sanitariya talablariga muvofiqligini nazorat qilish;
yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, ularga qarshi kurashish va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish;
aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena bilimlarini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
epidemiologik vaziyat yuzaga kelganda favqulodda chora-tadbirlarni ko‘rish va aholiga amaliyo yordam ko‘rsatish;
sohada davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.